AsosiyJamiyat

"Men ayollarni ... orzu qilishdan cho`chimaydigan jamiyatda yashashini istayman"

'"Men ayollarni ... orzu qilishdan cho`chimaydigan jamiyatda yashashini istayman"'ning rasmi

Prezident administrasiyasi sho``ba mudiri Saida Mirziyoeva O`zbekiston ayollarini 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabrikladi.

"Bugun, 8 mart bayramida yon-atrofdan ko`plab chiroyli so`zlar, ajoyib tilaklar eshitamiz. Lekin men yuragimning tubidagi istagimni siz bilan baham ko`rmoqchiman.

Men jamiyatimizda ayollarga har doim hurmat bilan munosabatda bo`lishlarini xohlayman. Toki xotin-qizlarimiz zo`ravonlik va zulm, zararli stereotiplar va kamsituvchi muomala ob`ekti bo`lmasin.  

Men ayollarimiz o`z huquqlari uchun kurashishlariga zarurat bo`lmasligini xohlayman. Ular tabiiy ravishda jamiyatning teng huquqli a`zosi bo`lsin, deyman.                                                                                                                      

Men ayollar o`zini erkin, kuchli his qiladigan, o`ziga ishonchi bo`lgan, maqsadlariga erisha oladigan va orzu qilishdan cho`chimaydigan jamiyatda yashashini istayman.

Barcha ayollarga baxt, mehr-muhabbat, tinchlik va ehtirom yor bo`lsin.  8 mart muborak!", - deydi S.Mirziyoeva.

 

    Boshqa yangiliklar