Kataloniya Kiberxavfsizlik agentligi xabariga ko`ra, "Ransom House" xakerlik guruhi Barselonaning yirik shifoxonalaridan biri bo`lgan "Clinic de Barcelona"ga kiberhujum uyushtirishgan.
Kiberhujum oqibatida 150 dan ortiq tezor jarrohlik operasiyalari to`xtab qolgan va 3 000 nafardan ortiq bemorlar ulangan qurilmalar ishdan chiqqan.
Shifoxona direktori Antoni Kastel matbuot anjumanida - favqulodda vaziyat rejasi shifoxonaning bir necha kun ichida ishlashiga imkon berishini, ammo shifoxona kompyuter tizimi tiklanmagan taqdirda bemorlarni ko`chirishga to`g`ri kelishini ma`lum qilgan.
Kiberhujum Ispaniya hududidan tashqarida "Ransom House" xakerlik guruhi tomonidan amalga oshirilgan. Ammo hozirgi vaqtga qadar "Ransom House" tomonidan hech qanday talab qo`yilmagan.