AsosiyDunyo

Kim Chen Inning singlisi AQShga tahdid qilmoqda

'Kim Chen Inning singlisi AQShga tahdid qilmoqda'ning rasmi

Shimoliy Koreya partiyasining yuqori martabali a`zosi va Shimoliy Koreya diktatori Kim Chen Inning singlisi Kim E Chon seshanba kuni AQShga tahdidlar bilan chiqdi. 

Uning bayonoti AQSh Janubiy Koreya aviasiyasi bilan qo`shma mashg`ulotlarda ishtirok etish uchun Koreya yarim oroliga yadroviy qurol olib o`tishga qodir B-52 bombardimonchi samolyotini yuborganidan so`ng yangragan.

Kim E Chonning ta`kidlashicha, Pxenyan AQSh va Janubiy Koreyaga qarshi “zudlik bilan va keskin” choralar ko`radi.

Seshanba kuni AQSh va Koreya Respublikasi qo`shma harbiy mashg`ulotlari chog`ida AQSh va Janubiy Koreya harbiy samolyotlari Pxenyan tomonidan Janubiy Koreya aerodromlarini yo`q qilish tahdidlariga javob berish maqsadida o`tkazilgan mashg`ulotlarda tezkor parvozlarni mashq qilgan.

Qo`shma matbuot anjumanida AQSh va Janubiy Koreya harbiylari mudofaa va javob berish imkoniyatlarini kuchaytirish maqsadida 13-23 mart kunlari kompyuter simulyasiyalaridan foydalangan holda qo`mondonlik shtabining mashqlarini o`tkazishlarini ma`lum qilishgan. Xuddi shu davrda alohida keng ko`lamli qo`shma dala mashg`ulotlari o`tkaziladi.

Eslatib o`tamiz, o`tgan yili Shimoliy Koreya misli ko`rilmagan miqdordagi qurol sinovlarini o`tkazib, o`zining eng ilg`or qit`alararo ballistik raketasini uchirgan edi.

    Boshqa yangiliklar