AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekistonning ayrim hududlarida chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin

'Ertaga O`zbekistonning ayrim hududlarida chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin'ning rasmi

"O`zgidromet" markazi 8 mart soat 20 dan 9 mart soat 20 gacha O`zbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida xabar berdi.

Unga ko`ra, Toshkent shahrida ertaga havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7o iliq, kunduzi 17-19 daraja iliq bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo`ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22°iliq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kechasi va ertalab ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22°iliq bo`ladi.

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kechasi va ertalab ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 19-24°iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 5-10° iliq, kunduzi 15-20°iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG` OLDI VA TOG`LI HUDUDLARIDA

Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, baland tog`li hududlarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qor ko`chish xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan  7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6° iliq, kunduzi 5-10°iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar