AsosiyJamiyat

Toshkentda “Antiryodan” harakati tashkil etilgani aniqlandi (video)

'Toshkentda “Antiryodan” harakati tashkil etilgani aniqlandi (video)'ning rasmi

Sal avval Toshkent shahrida “Ryodan” harakatiga aloqadorlikda gumonlangan 50 nafarga yaqin o`smir ushlangani haqida xabar berilgandi. Toshkent shahrida bir guruh o`smirlar tomonidan “Antiryodan” harakati tashkil etilgani aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar  IIBB xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, o`ttizdan ortiq yoshlar ijtimoiy tarmoqlar yordamida “Antiryodan” harakatini tashkil qilib, buzg`unchilik g`oyalarini ilgari surayotgan “ryodanchi”larga qarshi kurashmoqchi bo`lgan.

“Antiryodanchi”lar ijtimoiy tarmoqda alohida guruh tashkil qilgan. Uning ishtirokchilari “Ryodan” harakati g`oyalari hech qanday foyda keltirmasligi va davlatga xavf tug`dirishi mumkinligini tushunib etgan. 

“Ryodan” harakati haqida internetdan to`liqroq ma`lumot oldik. O`rganish jarayonida harakat a`zolari dinimiz, davlatimiz haqida yomon gaplar gapirganini ko`rdik. Eng yomoni, ular ko`chada ketayotgan yoshlarga pichoq berib, odamlarga qarshi chiqish kerakligini, urib, pichoqlash kerakligini uqtirgan. Shundan so`ng “Antiryodan” harakatini tuzish xayolimizga keldi. Ijtimoiy tarmoqda guruh ochdik, o`ttiztacha odam yig`ildi. U erga bitta “ryodan”chi qo`shilib olib, yakshanba kuni barchangizni yo`q qilamiz deb do`q urdi”, deydi guruh a`zolaridan biri.

Toshkent shahar IIBB bunday harakatlar tashkilotchilari aholi orasida adovat va vahima uyg`otishga urinayotganini ta`kidlagan. IIBB turli oqimlarning paydo bo`lishi ortidan g`arazli niyatdagi shaxslar bu oqimlarni boshqarishga, buzg`unchi g`oyalarni targ`ib qilishga, aholi orasida adovat va vahima uyg`otishga harakat qilayotganini aytgan. Shuningdek, ma`sullar har bir holat o`rganilishi va qonuniy baho berilishini takidlagan.

    Boshqa yangiliklar