AsosiyDunyo

Xitoy Rossiyaning Ukrainadagi xatolarini diqqat bilan o`rganmoqda

'Xitoy Rossiyaning Ukrainadagi xatolarini diqqat bilan o`rganmoqda'ning rasmi

Reuters agentligi Xitoyning 20 dan ortiq mudofaa sohasiga ixtisoslashgan 20 dan ortiq nashrlarida Ukraina urushiga bag`ishlangan 100 dan ortiq tahliliy materiallarni aniqladi. Bu haqda “zamon.uz” yozmoqda

Maqolalarda Rossiya harbiy tashkilotchiligi kamchiliklari ochiq tahlil qilinadi va XXRga G`arb bilan ehtimoliy to`qnashuvlarda takliflar beriladi. Xususan, xitoylik ekspertlar Starlink tijoriy sun`iy yo`ldoshlaridan jang maydonida foydalanishni muvaffaqiyatli deb hisoblashgan va ularni yo`q qilish uchun qurilmalarni yaratishni tavsiya qilishgan. Yana bir taklif tanklarni Javelin tizimlaridan himoya qilishga bag`ishlangan.

Ushbu maqolalar ustida yuzdan ortiq mutaxassislar ishlagan. Ularning barchasi Xitoy armiyasi bilan bog`liq universitetlarda faoliyat yuritadi.

Nomi sir qolishini istagan 2 nafar xitoylik harbiy attashe va yana bir diplomat bu kabi tadqiqotlar Xitoy kommunistik partiyasi markaziy qo`mitasining harbiy kengashi topshirig`i bilan o`tkazilganini aytgan. Bu kengashga Si Szinpinning o`zi rahbarlik qiladi

    Boshqa yangiliklar