AsosiyJamiyat

Toshkent metrosining "Qo`yliq" bekati 8 kunga yopiladi

'Toshkent metrosining "Qo`yliq" bekati 8 kunga yopiladi'ning rasmi

Toshkent metropolitenining "Er usti halqa yo`li" yo`nalishi 6- va 7-bekatlari oralig`idagi er ustki qismida Farg`ona yo`li ko`chasidan "Qo`yliq" dehqon bozori tomon qurilayotgan avtomobil yo`l o`tkazgichining qurilish ishlari yakunlanmoqda.
Shu munosabat bilan metropolitenning 7-bekati (Qo`yliq) joriy yilning 11 mart kunidan 18 mart kuniga qadar metro yo`lovchilariga vaqtincha xizmat ko`rsatmaydi.

"Er usti halqa yo`li" yo`nalishida poezdlar harakati "Do`stlik-2" bekati bilan 6-bekat oralig`ida tashkil etiladi. Yo`lovchilar uchun esa 6- va 7-bekat oralig`ida qo`shimcha avtobus harakati yo`lga qo`yilishi ma`lum qilindi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar