Iste`dodli shoir va jurnalist Akmal Toshev (Akmal Tosh) vafot etdi. Bu haqda O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi Fozil Farhod ma`lum qildi.
Akmal Toshev 1985 yil 6 aprelida Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Oqtosh qishlog`ida tug`ilgan. 1992-2003 yillar qishloqdagi 41-umumta`lim maktabida o`qigan. Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida jurnalistika fakultetida bakalavr yo`nilishini (2004-2008), magistratura bosqichida (2011-2013) tahsil olgan.
“XXI asr”, “Ishonch” gazetalari, Sog`liqni saqlash vazirligi axborot xizmati faoliyat yuritgan jurnalist so`nggi uch yildan buyon “Inson va qonun” gazetasi hamda “Huquq va burch” jurnali birlashgan tahririyatida ishlab kelayotgandi.
Ma`lum qilinishicha, uning o`limiga yurak xuruji sabab bo`lgan.
Darakchi.uz tahririyati jamoasi marhumning yaqinlariga ta`ziya bildiradi.
Eslatib o`tamiz, kecha Rossiyaning “Byulleten kinoprokatchika” jurnali bosh muharriri 37 yoshli Aleksandr Nechaevning jasadi Toshkent shahridagi kvartiralardan birida topilgan edi.






