Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuni loyihasi muhokama etilmoqda.
Konstitusiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitusiyaga 27 ta yangi modda kiritilmoqda.
Ushbu Konstitusiya to`g`ridan-to`g`ri ishlaydigan hujjat bo`lmoqda.
Konstitusiya normalarini sudlarda to`g`ridan-to`g`ri qo`llash amaliyotini yo`lga qo`yish maqsadida, bu masala yuzasidan Oliy sud Plenumining qarorini qabul qilishni taklif etilmoqda, — deydi Jahongir Shirinov.






