AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Jahon bankining Evropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo`yicha vise-prezidentini qabul qildi

'Shavkat Mirziyoev Jahon bankining Evropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo`yicha vise-prezidentini qabul qildi'ning rasmi

Ayni paytda O`zbekiston Shavkat Mirziyoev Jahon bankining Evropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo`yicha vise-prezidenti Anna Berdeni qabul qilmoqda.

Kun tartibidagi masalalar - kambag`allikka qarshi kurashish, energetika tarmog`ini transformasiya qilish, davlat korxonalarini xususiylashtirish sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish, ijtimoiy dasturlarni qo`llab-quvvatlash va hokazo.

Ta`kidlash joizki, Jahon banki ishtirokidagi amaldagi loyihalar portfeli keyingi bir necha yilda 2 barobar ko`paygan. Umuman, bankning O`zbekistonga investisiyalari hajmi 10 milliard dollarga etgan.

    Boshqa yangiliklar