O`zbekistonda o`tkazilgan tadqiqotlarga ko`ra, 18-19 yoshli o`smir qizlarning 37 foizi erkak kishi ayolini gap qaytargani, ovqat tagiga olib ketgani, ko`chaga so`roqsiz chiqqani uchun kaltaklashini normal holat deb biladi. Bu haqda BMT Bolalar jamg`armasi (UNICEF)ning O`zbekistondagi vakolatxonasi yurituvidagi Telegram-kanalida ma`lum qilindi.
“Stereotiplar qizlarni oilaviy zo`ravonlik va shafqatsiz munosabat qurboniga aylantiradi.
O`zbekistonda yaqinda o`tkazilgan tadqiqot shuni ko`rsatdiki, 18-19 yoshli o`smir qizlarning 37 foizi erkak kishi ayolini gap qaytargani, ovqat tagiga olib ketgani, ko`chaga so`roqsiz chiqqani uchun kaltaklashini normal holat deb biladi.
UNICEFʼning asosiy maqsadlaridan biri bunday zararli amaliyotlarga barham berish hamda qizlarning imkoniyatlarini kengaytirishdir”, – deyiladi xabarda.






