Shahrisabz-Samarqand-Shahrisabz yo`nalishida tezyurar yo`lovchi poezd harakati qo`yildi. Bu haqda "O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2023 yilning 20 mart sanasidan boshlab har kuni yangi 07/08-sonli Shahrisabz-Samarqand-Shahrisabz yo`nalishida tezyurar yo`lovchi poezd harakati yo`lga qo`yilgan.
Harakat jadvali quyidagicha:
7-sonli "Shahrisabz - Samarqand" yo`nalishi:
Shahrisabz 07:03 - Samarqand 10:54.
8-sonli "Samarqand - Shahrisabz" yo`nalishi:
Samarqand 17:52 - Shahrisabz 21:22.






