Ixtisoslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi vaqtinchalik ko`chirilgani va jamoat transporti mavjud bo`lmagani xodimlarga noqulaylik tug`dirayotgani to`g`risida e`lon qilingan xabar ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu xabar yuzasidan SSV munosabat bildirdi.
Sanepid qo`mitasining ta`kidlashicha, mazkur holat yuzasidan amaliy yordam so`rab Transport vazirligiga murojaat qilindi.
Murojaatga asosan shifoxonadan 5-metro bekatigacha bo`lgan masofa 6,9 km.ni tashkil etayotgani, shifoxonaga kelib-ketayotgan ishchi-xodimlarga noqulayliklar yuzaga kelayotgani sababli yangi avtobus yo`nalishini tashkil etish maqsadga muvofiqligi ma`lum bo`ldi.
"Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi bergan ma`lumotiga ko`ra, hozirgi kunda metro bekatidan Zangiotadagi klinikaga qadar 154-sonli yo`nalish ishlab chiqilib, tenderga qo`yilgan. Yo`nalish tender o`tkazilgandan so`ng 21 martgacha ishga tushiriladi", — deyiladi xabarda.






