Evropa Ligasi musobaqasining “A” guruhi 2-turida “Manchester Yunayted” jamoasi o`z maydonida Ukrainaning “Zarya” futbolchilarini qabul qildi.
Mazkur o`yinda “MYu” katta ustunlikka ega bo`lishi kutilgandi, biroq unday bo`lmadi. 69-daqiqada Zlatan Ibragimovich tomonidan kiritilgan gol yagonaligicha qoldi va mankunianlar 3 ochkoga ega bo`ldi.
“Manchester Yunayted” (Angliya) – “Zarya” (Ukraina) 1:0
Gol: 1:0 – 69 Ibragimovich.
“Manchester Yunayted” – Romero, Fosu-Mensa (Marsyal, 74), Bayi, Smolling, Roxo, Fellayni, Pogba, Lingard (Runi, 67), Mata (Yang, 74), Reshford, Ibrohimovich.
“Zarya” – Shevchenko, Kamenyuka, Sivakov, Forster, Sobol, Karavaev, Grechishkin, Chaykovskiy (Gordienko, 80), Petryak, Lyubenovich (Lipartiya, 76), Kulach (Paulino, 60).
Ogohlantirishlar: Bayi (63), Kamenyuka (90).





