Bugun, 12 mart kuni “Humo arena” majmuasi oldidagi maydonda Toshkent xalqaro marafoni bo`lib o`tdi.
Beshinchi bor tashkil etilgan mazkur musobaqada 34 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar g`oliblik uchun bellashdilar.
Ochilish marosimidan so`ng bellashuvlarga start berildi. Unda minglab professional va havaskor sportchilar 3 km, 10 km, yarim marafon va marafon yo`nalishlarida bahs olib borishdi. Kutilganidek, musobaqaga Keniyada tayyorgarlik ko`rgan O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Shohruh Davlatov yarim marafon dasturida mamlakat rekordi bilan marra chizig`ini birinchi bo`lib kesib o`tdi. Shuningdek, yana bir qator vakillarimiz sovrinli o`rinlarni qo`lga kiritishdi. G`olib va sovrindorlar:
3 km, erkaklar:
1. Diyorbek Ahmedov - 9:16
2. Eldor Botirov - 9:17
3. Jahongir Raxmatullaev - 9:33
3 km, ayollar:
1. Anastasiya Silchenkova - 10:27
2. Go`zal Maxamatovalieva - 10:38
3. Oyzira Jo`raqulova - 10:43
10 km, ayollar:
1. Sitora Hamidova - 39:34,29
2. Shohsanam Xurramova - 40:46,54
3. Kamola Ablamova - 42:23,46
Yarim marafon, erkaklar:
1. Shohruh Davlatov (O`zbekiston) - 1:03:37
2. Nodir Mutalipov (O`zbekiston) - 1:06:50
3. Mixail Kulkov (O`zbekiston) - 1:07:51
Yarim marfon, ayollar:
1. Aynuska Xalil kizi (Qirg`iziston) - 1:15:47
2. Aziza Mirzakbarova (O`zbekiston) - 1:21:32
3. Moxinabonu Komilova (O`zbekiston) - 1:24:17
Marafon, erkaklar:
1. Baxtiyor O`tkirov (O`zbekiston) - 2:20:13
2.Ilya Pyankin (Qirg`iziston) - 2:25:61
3.Islom Amangos (Qozog`iston) - 2:29:58
Marafon, ayollar:
1. Gulshanoy Sattarova (Qirg`iziston) - 2:46:30
2. Ekaterina Vasilchenko (Ukraina) - 2:59:28
3. Ekaterina Tunguskova (O`zbekiston) - 3:00:29.
Taqdirlash marosimida kecha tadbir doirasida bolalar o`rtasida o`tgan “Kids run” yo`nalishining g`olib va sovrindorlari ham sovg`alarni qabul qilib olishdi. Garchi bugun sportchilar marafon yo`nalishida Parij-2024 Olimpiadasining normativini bajara olmagan bo`lsalar ham, qimmatli reyting ochkolariga ega bo`lishdi.