AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida tibbiy xizmat mashinasida archa tashildi

'Toshkent viloyatida tibbiy xizmat mashinasida archa tashildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent viloyatining Bo`ka tumanida tez tibbiy yordam mashinasida xo`jalik ishlari qilinayotgani aks etgan surat tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Sog`liqni saqlash boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Bo`ka tumani aholisi sonidan kelib chiqib 8 ta umumiy profildagi tez tibbiy yordam brigadalari, 1 nafar reanimasion tez tibbiy yordam brigadasi — jami 9 nafar brigada aholiga tunu-kun tez tibbiy yordam xizmatini ko`rsatib kelmoqda.

Tarqalgan xabarlardagi Damas rusumli maxsus avtomashina tez tibbiy yordam avtomashinasi emas, balki Bo`ka tumani markaziy oilaviy poliklinika uchun ajratilgan “Tibbiy xizmat” avtomashinasi hisoblanadi. Ushbu avtomashina aholiga tez tibbiy yordam xizmatini ko`rsatmaydi.

Sog`liqni saqlash vazirining 2022 yil 19 dekabrdagi buyrug`iga ko`ra, tibbiy xizmat maxsus avtomashinalaridan tibbiyot muassasalarida, poliklinikalarda, tug`uruqxonalarda, qon xizmati, vazirlik tizimidagi tibbiyot oliy o`quv yurtlarida, ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va ularning klinikalarida, sud-tibbiyot ekspertiza byurolarida, sanatoriylarda, SEOJSX larda va tizimdagi boshqa muassasalarida tibbiy xizmat ishlarida foydalanilishi belgilangan.

“Ushbu holatni o`rganish uchun viloyati SSB tomonidan ishchi guruh tashkil etildi hamda qonun buzilishiga yo`l quygan mutasaddi rahbarlar va ularning xodimlariga intizomiy jazo choralari ko`rilishini ma`lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar