Ayni damda Hindistonda bo`lib o`tayotgan U-16 o`smirlar o`rtasidagi Osiyo chempionatida bugun yarim final o`yinlariga start beriladi.
O`FF matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur turnirda Aziz Asimov boshchiligidagi o`zbekistonlik hakamlar brigadasi o`yinlarni boshqarib bormoqda. E`tiborlisi, yarim final doirasidagi Eron hamda KXDR terma jamoalari o`rtasidagi o`yinni aynan Aziz Asimov boshqarib boradi. Ushbu turnirda Asimovga qanotda yana bir o`zbekistonlik FIFA laynsmeni Ruslan Serazetdtinov yordam bermoqda.
Eslatib o`tamiz, Aziz Asimov bungacha, Osiyo chempionatida Yaponiya – Vetnam, Ummon – Janubiy Koreya hamda Janubiy Koreya – Malayziya o`rtasidagi o`yinlarni boshqarib borgan.





