AsosiyJamiyat

Toshkentda Koreyaga ketish uchun test imtihonida boshqa fuqaro o`rniga kirmoqchi bo`lgan shaxs qo`lga tushdi

'Toshkentda Koreyaga ketish uchun test imtihonida boshqa fuqaro o`rniga kirmoqchi bo`lgan shaxs qo`lga tushdi'ning rasmi

EPS-Topik test imtihonida boshqa fuqaro o`rniga kirmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar uchun Toshkent shahrida bo`lib o`tayotgan EPS-Topik testida imtihon tartiblariga rioya qilmaslikning oqibatlari haqida ogohlantirilganiga qaramay, ro`yxatdan o`tgan fuqaro O.O. o`rniga boshqa fuqaro kirishga uringan vaqtida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xodimlari tomonidan ushlab qolindi.

Ushbu holat bayonlashtirilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.

"Test imtihoni qoidalarini buzgan fuqaro 2 yil davomida ushbu imtihonda qatnashish imkoniyatidan mahrum bo`lishi hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida yana bir bor ogohlantiramiz. Imtihon jarayonida barcha tartib-qoidalarga rioya qilishga chaqiramiz!" - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar