Londonning “Arsenal” jamoasi rahbariyati klub bosh murabbiyi Arsen Vengerning amaldagi shartnomasini yana ikki yilga uzaytirmoqchi.
Fransiyalik murabbiyning London klubi bilan kelishuvi 2017-yilning yozigacha mo`ljallangan. Rahbariyat mutaxassisni qo`ldan chiqarmaslik uchun unga yangi shartnoma taklif qilish niyatida.
Ma`lumot uchun, Arsen Venger 1996 yildan buyon “Arsenal” klubini boshqarib kelmoqda.





