AsosiyJamiyat

O`zbekiston Turkiyaga 644 000 AQSh dollari miqdorida naqd mablag` va 674 tonna gumanitar yordam yubordi — Turkiya elchisi

'O`zbekiston Turkiyaga 644 000 AQSh dollari miqdorida naqd mablag` va 674 tonna gumanitar yordam yubordi — Turkiya elchisi'ning rasmi

Bugun, 14 mart kuni Turkiyaning Toshkentdagi Elchixonasida OAV vakillari uchun Turkiyadagi so`nggi voqealar yuzasidan matbuot anjumani o`tkazildi. Unda darakchi.uz vakillari ham ishtirok etdi. 
Matbuot anjumanida elchi,  6 fevral tonggida bo`lgan daxshatli zilzilani "Asr fojiasi" deb atadi. 

Xabaringiz bor, zilzilada etti nafar O`zbekiston fuqarosi va shu bilan birga 47 475 turkiyalik qardoshimizni hayotdan olib ketdi. 

Matbuot anjumanida vazir O`zbekiston tomonidan Turkiya ko`rsatilgan gumanitar,  moddiy va insoniy yordamlar haqida gapirdi:
"Xalqaro miqyosda ko`rsatilgan yordamlarda eng oldingi safda kelgan mamlakatlardan bittasi azaliy va abadiy qardoshimiz O`zbekiston bo`ldi. O`zbekiston davlati va xalqi tarixda ham bo`lgani singari, bu mash`um falokatdan so`ng ham, doimgi oliyjanobligini namoyish etib, o`lkamizni yolg`izlatib qo`ymadi. O`zbek xalqi va davlat tashkilotlari Prezident Mirziyoev etakchiligida deyarli safarbar bo`lib qora kunda do`st ekanliklarini ko`rsatdilar. Dastavval Prezident Mirziyoev, Vazirlar Mahkamasi va davlat tashkilotlarining deyarli barcha yuqori darajali rahbarlari Elchixonamizga tashrif buyurib, ta`ziya daftarni imzolaganlari xotiradan hech qachon o`chmaydigan birdamlik timsoli bo`ldi. Hukumat tomonidan boshlab berilgan safarbarlik doirasida, 6 fevraldan 13 fevralgacha Adana viloyatiga qidiruv-qutqaruv, tibbiyot jamoalari hamda gumanitar yordamni tashuvchi 6 ta alohida kargo reysi tashkil etildi. Bu reyslar orqali davlatimizga etib borgan 100 kishidan iborat O`zbekiston qidiruv-qutqaruv jamoasi, Xatay viloyatimizda jon qutqarish ishlarini bajardilar. 25 fevral kuni O`zbekistonga qaytgan o`zbek qidiruv-qutqaruv jamoasi 18 kishini tirik qutqarib, 190 kishi jasadini vayronalardan chiqarib oldilar. Bundan tashqari, 8 fevral kuni etib borgan 71 kishilik tibbiyot xodimlari Xatay viloyatida dala gospitali o`rnatib, yaradorlarimizni davoladilar. Bu dala gospitali jamoasi 6 mart kuni O`zbekistonga qaytdi. Dala gospitalida 1 795 nafar erkak, 1 177 ayol va 888 bolaga, ya`ni jami 3 860 fuqaromizga tibbiy yordam ko`rsatildi. Shu bilan birga o`zbek qardoshlarimiz zilzila hududlariga borib, o`zbek palovini pishirib, ehtiyojmandlarga tarqatdilar" deydi elchi.


Shuningdek, vazir moliyaviy yordamlar “Ziraat bank O`zbekiston” orqali bevosita yoki shu bankda Elchixona tomonidan ochilgan zilzila yordam hisoblari orqali Turkiyaga yuborilganini aloxida ta`kidladi. 
Ma`lumot uchun:
Bugungi kungacha O`zbekiston Turkiyaga 644 000 AQSh dollari miqdorida naqd mablag` yubordi.  Rasmiy yordam hisoblariga mablag`lar hamon kelishda davom etmoqda. 

    Boshqa yangiliklar