AsosiyDunyo

Turkiyada zilzila sabab yaqinlarini yo`qotgan bolalar taqdiri nima bo`ladi? (video)

'Turkiyada zilzila sabab yaqinlarini yo`qotgan bolalar taqdiri nima bo`ladi? (video)'ning rasmi

Kecha, 14 mart kuni Turkiyaning Toshkentdagi Elchixonasida OAV vakillari uchun Turkiyadagi so`nggi voqealar yuzasidan matbuot anjumani o`tkazilgani haqida xabar bergan edik. Unda darakchi.uz vakillari ham ishtirok etgan edi.

Tadbirda Turkiyaning O`zbekistondagi elchisi Olgan Bekar Darakchi.uz bosh muharriri Farida Egamberdievaning zilzila vaqtida qarovsiz qolgan bolalarning taqdiri nima bo`lishi haqidagi savoliga javob yuerdi.

“Bu bo`yicha qonunchilik tartibi bor. Jamoatchilikda Turkiyada zilziladan keyin fikr almashib olindi. Va o`sha qonunchilik asosida hukumatimiz kimsasiz qolgan bolalarning mavqeyini belgilab olgan. Kelajakda ularga ota-ona topish yoki bola asrab olish niyatida bo`lgan oilalarga berishning ham qonunchiligi bor. Bu juda ham huquqiy jarayon. Hozirgi qonunchilikka ko`ra kimsasiz qolgan bolalarning xorijlik fuqarolar tomonidan asrab olinishi huquqqa to`g`ri kelmaydi.


Hozirda DNK testlari o`tkazilmoqda, ota-onasi bo`lmasa qarindosh-urug`lari izlanmoqda. Hali bu jarayon davom etayapti. Qandaydir raqamlar bor Lekin hozircha hammasi aniqlashtirish jarayonida”, dedi Olgan Bekar.

    Boshqa yangiliklar