Kecha, 14 mart kuni Turkiyaning Toshkentdagi Elchixonasida OAV vakillari uchun Turkiyadagi so`nggi voqealar yuzasidan matbuot anjumani o`tkazilgani haqida xabar bergan edik. Unda darakchi.uz vakillari ham ishtirok etgan edi.
Tadbirda Turkiyaning O`zbekistondagi elchisi Olgan Bekar jurnalistlarning savollariga eavob berar ekan Istanbulning zilzilaga qanchalik tayyor ekani haqida gapirdi.
“1999 yildan e`tiboran Istanbulni zilzilaga tayyorlash ishlari ham hukumat, ham hokimiyatlar tarafidan boshlab yuborilgan. Eskirib qolgan yoki biror nuqsoni bo`lgan qurilish binolari aniqlashtirib borilmoqda. Muayyan nizomlarga asosan bu binolarni mustahkamlash ishlari olib borilmoqda. Lekin Istanbul juda ham katta shahar. Aholisining o`zi 15 mlndan ortiq. Istanbulning ichidagi aholi soni undan ham ko`p. Lekin shu yo`nalishda ishlar olib borilyapti”, dedi Olgan Bekar.