2023 yilning 26 martidan boshlab Uzbekistan Airways Toshkentdan London, Frankfurt va Riga shaharlariga parvoz qiluvchi aviaqatnovlar sonini oshirmoqda. Bu haqda aviakompaniya Matbuot xizmati xabar berdi.
26 martdan boshlab Toshkent –London – Toshkent yo`nalishi bo`yicha parvozlar soni haftasiga 2 martadan 3 martagacha oshiriladi. Seshanba va juma kunlaridan tashqari, yakshanba kunlari ham parvozlar bajariladi.
Uzbekistan Airways 29 martdan boshlab esa Toshkent – Frankfurt – Toshkent yo`nalishi bo`yicha parvozlar sonini haftasiga 3 martadan 4 martaga ko`paytiradi. Bundan buyon Frankfurtga to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnovlar dushanba, chorshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Shuningdek, 29 martdan Toshkent – Riga – Toshkent yo`nalishi bo`yicha parvozlar soni haftasiga 3 martagacha oshirilmoqda. Yo`lovchilar to`g`ridan-to`g`ri aviatashuvlarda dushanba, chorshanba va juma kunlari sayohat qilishlari mumkin.
Shu bilan birga, Uzbekistan Airways yozgi parvozlar jadvaliga o`tishi munosabati bilan 28 martdan Toshkent – Milan – Toshkent, 31 martdan boshlab esa Toshkent – Parij – Toshkent yo`nalishlarida aviaqatnovlarni yo`lga qo`yayotganini ma`lum qiladi.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti orqali 3 foiz chegirma bilan, shuningdek, UzAirways mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.






