AsosiyJamiyat

Rahmatulloh domla Sayfuddinov "Minor" jome masjid imom-xatibi etib tayinlandi

'Rahmatulloh domla Sayfuddinov "Minor" jome masjid imom-xatibi etib tayinlandi'ning rasmi

 2023 yil 16 mart kuni peshin namozidan keyin O‘zbekiston musulmonlari idorasi, muftiy Nuriddin domla hazratlari Toshkent shahridagi "Minor" jome masjidi imom-xatibi vazifasiga Rahmatulloh domla Sayfuddinov tayinlanganini masjid jamoasiga e’lon qildilar.

Shuningdek, Toshkent shahridagi quyidagi markaziy jome masjidlarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi buyrug‘i bilan yangi imom-xatiblar tayinlandi:

Chig‘atoy dahasidagi “Imom Buxoriy” masjidi imom-xatibi Sadriddin domla Abdurashidov Olmazor tumani “Ibrohimboy Orifjonboy” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga;

Ko‘kcha dahasidagi “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi Yahyo domla Abdurahmonov Chig‘atoy dahasidagi “Imom Buxoriy” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga;

“Minor” jome masjidi imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov Toshkent shahri bosh imom-xatibi vazifasidan ajralmagan holda Ko‘kcha dahasidagi “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga tayinlandilar.

    Boshqa yangiliklar