Rossiyaning Novokuybishevsk shahar sudi Samara Dumasi deputati Mixail Abdalkinni 150 ming rubl miqdorida jarimaga tortdi.
Bu haqda «RIA Novosti» deputatning advokati Aleksey Lapuzinga tayanib xabar berdi.
Unga ko`ra, sud Abdalkinni Rossiya Federasiyasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 20.3.3-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topdi. Himoyachi qaror ustidan shikoyat qilish niyatida.
Avvalroq Abdalkinga nisbatan Rossiya Federasiyasi Qurolli Kuchlarini obro`sizlantirish bo`yicha ma`muriy bayonnoma tuzilgani haqida xabar berilgan edi.
Eslatib o`tamiz, 21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Majlisga murojaat bilan chiqqandi. Shu kuni Rossiya kommunistik partiyasi a`zosi bo`lgan Abdalkin o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qulog`iga makaron bilan davlat rahbarining murojaatini tomosha qilayotgan videosini e`lon qildi.