AsosiyJamiyat

Nurafshon shahrida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o`rnatgan shaxslar qo`lga tushdi

'Nurafshon shahrida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o`rnatgan shaxslar qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahar bo`limi tomonidan Toshkent viloyati DXX boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqaro A.U.ga tegishli “Oybek” MFYdagi noturar bino ko`zdan kechirilganida, xorijiy davlat fuqarosi Y.S. va fuqaro B.R. ushbu binoda 127 ta to`plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulab, elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,5 mlrd so`m zarar etkazganliklari aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) va 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar