Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma`lum qildi.
Bugungi kunda davlat oliy ta`lim muassasalaridagi talabalar turar joylarining soni 287 taga etkazilib, jami 109504 nafar talabalarni joylashtirish imkoniyati yaratildi.
Joriy yilda yotoqxonalarni barpo etish bo`yicha jami 28 526 o`rinli 58 ta loyiha amalga oshirilmoqda, jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida 19576 o`rinli 40 ta, oliygoh va byudjet mablag`lari hisobidan 3450 o`rinli 7 ta, oliygohlarning to`liq o`z mablag`lari hisobidan 3 900 o`rinli 8 ta hamda investisiya dasturi doirasida 1 600 o`rinli 3 ta loyihada tegishli ishlar amalga oshirilyapti.
Ayni damda respublika bo`yicha jami 16 466 o`rinli 31 ta loyihada qurilish ishlari jadal sur`atlarda olib borilmoqda.
Ushbu binolarga zamon talablariga mos ravishda quyosh panellari o`rnatilib, tashqi devor qismi bazalt issiqlikni ta`minlovchi material bilan qoplanadi.






