Buxoro shahri A.G`ijduvoniy ko`chasida yashovchi 2005 yilda tug`ilgan X.A. va A.I. lar bir guruh bo`lib, Jondor tumanida yashovchi bir qizning behayo videolarini tarqatish va sharmanda qilish bilan qo`rqitadi.
Aniqlanishicha, 2023 yil 6 fevral kunidan boshlab bir necha marotaba undan pul talab qilib olib, oxirgi marotaba talab qilingan 15 mln so`mdan 9,9 mln so`m miqdoridagi pullarni olgan. Ammo shu bilan ham kifoyalanmasdan yana 4,1 mln so`m miqdoridagi pullarni berishga majbur qilish darajasiga olib kelgan.
Qizning Buxoro viloyati IIBga qilgan murojaati asosida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu ikki shaxs Buxoro shahar Pedagogika instituti oldida talab qilingan pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo`lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JK.ning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






