Samarqand viloyati IIB xabariga ko`ra, bolalarini qiynagan ayolga nisbatan JKning 110-moddasi (qiynash) 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ayolning himoya huquqi ta`minlangan holda jinoyat ishiga gumonlanuvchi sifatida jalb etilgan.
Hozirda tergov harakatlari boshlangan. Psixologlar ushbu oila hamda bolalar bilan ishlamoqdalar.
Ma`lumot uchun, mazkur modda bilan ayblanganlar 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
18.03.2023 10:29
O`z farzandlarini qiynab, videoga olgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi






