Qashqadaryo viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazida ilk bor tizza bo`g`imini endoprotezlash amaliyoti bajarildi.
Dehqonobod tumani G`o`roti qishlog`ida yashovchi 58 yoshli Xonbibi Esanova ko`p yillardan beri tizza bo`g`imi gonartrozi (emirilishi)dan aziyat chekib kelgan. Viloyat tibbiyot muassasalarida olgan konservativ davo muolajalari esa kutilgan natija bermagan. Oxir-oqibatda shifokorlar onaxonni operasiya qilish lozim, degan xulosaga kelishdi.
O`tkazilgan tibbiy tekshiruvlardan so`ng Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi etakchi mutaxassisi Odil Valiev boshchiligidagi mahalliy shifokorlar tomonidan ushbu bemorda tizza bo`g`imini endoprotezlash operasiyasi bajarildi.
Natijada bemor davolanish uchun uzoq yo`l bosib, poytaxtga borishiga hojat qolmadi. Ayni paytda uning ahvoli yaxshi. Shifokorlarning aytishicha, Xonbibi aya tez kunda yana mustaqil yura oladi.
18.03.2023 13:10
Qashqadaryoda ilk bor tizza bo`g`imini endoprotezlash amaliyoti o`tkazildi
