AsosiyJamiyat

Bugun ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin

'Bugun ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin'ning rasmi

"O`zgidromet" markazining xabar berishicha, bugun kunduz kuni Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22° iliq bo`ladi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-22° iliq bo`ladi.
 

Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-13° iliq bo`ladi.
 

    Boshqa yangiliklar