Dushanbeda 22 yoshli O`zbekiston fuqarosi dahshatli baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi(video)

Dunyo 19.03.2023, 12:52
Dushanbeda 22 yoshli O`zbekiston fuqarosi dahshatli baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi(video)

Kecha, 18 mart kuni soat 01:00 atrofida Dushanbe shahrida YTH sodir bo`lib, uning oqibatida haydovchi O`zbekiston fuqarosi halok bo`ldi. Mashina tezligi shu qadar yuqori bo`lganki, zarbadan mashina ikki qismga bo`linib ketgan, mashinaning orqa qismi yonib ketgan.

“Asia-Plus” Ichki ishlar vazirligining Dushanbe shahar boshqarmasiga tayanib xabar berishicha, “Mercedes-Benz” rusumli avtomashinaning 22 yoshli haydovchisi, O`zbekiston fuqarosi Asadbek Isroilov katta tezlikda harakatlanib ketayotgan bo`lgan. 

“Haydovchi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etdi. Mazkur holat yuzasidan tergov davom etmoqda”, — deya xulosa qildi polisiya.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1