AsosiyDunyo

O`zbekiston – Qozog`iston yuk tashish hajmini oshirish bo`yicha kelishuvga erishdi

'O`zbekiston – Qozog`iston yuk tashish hajmini oshirish bo`yicha kelishuvga erishdi'ning rasmi

2023 yilning 15-16 mart kunlari Qozog`iston Respublikasining Chimkent shahrida “O`zbekiston temir yo`llari” AJ va “Qozog`iston temir yo`li” MK o`rtasida Sariog`ash MGSP quvvatini yaxshilash bo`yicha muzokaralar bo`lib o`tdi.

Yig`ilishda 2022 yilda yuk tashish hajmi yiliga 32 million tonnani yoki kuniga o`rtacha 22 juft yuk poezdini tashkil etishi qayd etildi.

“O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati rejalashtirilgan hajmlarga erishish va ko`paytirish maqsadida joriy yilning avgust oyida “Oq ko`prik” (O`zbekiston) stansiyasini rekonstruksiya qilish bo`yicha mavjudlarini uzaytirish va qo`shimcha qabul qilish va jo`natish yo`llarini qurish ishlarini yakunlashi haqida ma`lum qildi.

Mazkur loyihani amalga oshirish natijasida “Oq ko`prik” chegara punkti orqali o`tkazish qobiliyati kuniga 30 juft poezddan 45 juft poezdga ko`tariladi va shunga mos ravishda yuk tashish hajmi yiliga 60 million tonnagacha ko`tariladi. Shu munosabat bilan O`zbekiston tomoni “Qozog`iston temir yo`li” MK” aksiyadorlik jamiyatiga “Sariog`ash” stansiyasining quvvatini oshirish choralarini ko`rish zarurligi haqida murojaat qilgan.

Poezdlar harakatini yanada tezlashtirish uchun MGSPga olib kelingan tovarlar bo`yicha to`liq dastlabki ma`lumotni har ikki tomon tomonidan o`zaro ta`minlash, shuningdek, texnik va tijorat ko`rikdan o`tkazish vaqtini qisqartirish masalasi ko`rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama uchrashuv bayonnomasi imzolandi.

    Boshqa yangiliklar