“O`zgidromet” 20 mart, dushanba kuni qanday ob-havo kuzatilishini ma`lum qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10 daraja iliq, kunduzi 17-19 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 19-24 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlaridahavo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko`chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo`ladi.