1

Afg`onistonda Navro`z bayramini nishonlash taqiqlandi

Dunyo 19.03.2023, 22:26
Afg`onistonda  Navro`z bayramini nishonlash taqiqlandi

“Tolibon”ning ezgulikni targ`ib qilish va illatlarning oldini olish bo`limi Navro`z bayramini Sevishganlar kuni bilan tenglashtirdi. Bu haqda Sputnik Afg`oniston xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Daykundi viloyati Kiti tumanida axloq polisiyasi shunday e`lon chiqargan. Unda Navro`z bayrami Sevishganlar kuniga tenglashtiriladi. “Tolibon” musulmonlarda faqat ikkita bayram: Ro`za hayiti (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) borligini ta`kidlagan. Shu bilan birga, “Tolibon” xabarida Navro`z islomgacha bo`lgan jaholatdan kelib chiqqanligi aytiladi.

“Kofirlarning bayramini nishonlaganlar, ulardan biri bo`ladi. Shuning uchun Kiti viloyatida Navro`z bayramini nishonlaganlar shariat bo`yicha javobgarlikka tortiladi”, — deydi “Tolibon”ning axloq polisiyasi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1