AsosiyJamiyat

Kuyovini urib qamoqqa olingan Dili.me ozodlikka chiqdi

'Kuyovini urib qamoqqa olingan Dili.me ozodlikka chiqdi'ning rasmi

Dili.me nomi bilan tanilgan vayner O`.D. va uning sheriklari bezorilik sodir etganlikda gumonlanib, ushlangani to`g`risida xabar berilgandi. Blogerning o`zi Instagram`dagi sahifasiga bugun, 20 mart kuni onasi bilan tushgan suratini joylashtirdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, blogerga qo`llanilgan qamoqqa olish ehtiyot chorasi sud tomonidan o`zgartirilgan. 

23 yanvar kuni O`.D. sheriklari bilan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, fuqaro P.A.ni urib, tan jarohati etkazgan. Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi bo`yicha gumonlanuvchi bir necha marotaba chaqirtirilishiga qaramasdan, tergovga kelishdan bo`yin tovlab kelgan. Shu sababli unga nisbatan qidiruv e`lon qilingan. Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida O`.D. 10 mart kuni ushlanib, tergovga jalb qilingan

    Boshqa yangiliklar