Buxoroda tillafurushlar ushlandi

Jinoyat 20.03.2023, 21:12
Buxoroda tillafurushlar ushlandi

Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tillafurushlar faoliyatiga chek qo`yildi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari hamda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatining Shofirkon tumani bo`limi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o`tkazilgan.

Tadbir davomida Shofirkon tumani Nazarobod qishlog`ida yashovchi 31 yoshli I.U. o`zining yashash xonadonida yashirin sex tashkil etib, tegishli shartnomalar tuzilishini ta`minlamasdan, tarkibida oltin zarralari mavjud bo`lgan toshlarni maydalashga mo`ljallangan, quvvati 18,5 kilovatt bo`lgan uskunani elektr tarmog`iga noqonuniy ulab, foydalanib kelayotgani aniqlangan.

“O`zenergoinspeksiya” Buxoro hududiy bo`limi mutaxassislarining bergan xulosasiga ko`ra, ushbu fuqaro tomonidan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulanib, 383,62 kVt/soat elektr energiyasidan noqonuniy tarzda foydalanilgani oqibatida davlat manfaatlariga 130,8 million so`mlik zarar etkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi 2-qismi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1