AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda to`liq quyosh panellari orqali elektr energiyasi bilan ta`minlanadigan turar-joy qurilishiga start berildi

'Qashqadaryoda to`liq quyosh panellari orqali elektr energiyasi bilan ta`minlanadigan turar-joy qurilishiga start berildi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahrida 700 ta xonadonga mo`ljallangan 12 ta ko`p qavatli uylardan iborat "Sulton saroy" turar-joy majmuasi qad rostlamoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, 4 gektar maydonni egallagan majmuada inson ehtiyoji uchun zarur bo`lgan barcha sharoitlar yaratilishi loyihaga kiritilgan.

Masalan, avtoturargohlar binoning erto`la qismida, majmuaning old qismidagi 1-2-qavatlarda yirik savdo dukonlari, bolalar maydonchalari va boshqa maishiy xizmat turlari joy oladi. Eng quvonarlisi shuki, majmua to`liq quyosh panellari orqali elektr energiyasi bilan ta`minlanadi.

Navro`z bayrami arafasida qurilishi boshlanayotgan majmuaga viloyat hokimi Murotjon Azimov ham tashrif buyurib, Prezident qo`llab-quvvatlovi ortidan tadbirkorlarning bu kabi yirik loyihalarni yana ko`plab amalga oshirishida doimo amaliy yordamga tayyorligini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar