Namangan viloyatida joylashgan “Afsonalar vodiysi”da 80 metrlik mega lavash tayyorlanadi. Bu haqda Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
“Afsonalar vodiysi” tematik parkida bo`lib o`tadigan Navro`z sayliga taklif etamiz.
Tadbirda ko`ngilochar shou-dasturlar namoyish etiladi. Ahamiyatlisi, shu kuni haqiqiy ma`nodagi kutilmagan sovg`a — 80 metrli ulkan mega lavash tayyorlanib, bayram mehmonlariga taqdim etiladi.
100 dan ortiq mohir oshpazlar mehnati evaziga tayyorlanadigan mega lavash Yangi Namangan tumanidan sizlar uchun bayram tuxfasi bo`ladi.
Keling, ko`ring va bayramona rekord lavashni tayyorlanish jarayonida ishtirok eting hamda tanavul qilish imkoniyatiga ega bo`ling!”, — deyiladi xabarda.
Ma`lumot uchun, bundan avval Toshkent shahrida 31,5 metrli mega lavash tayyorlangan edi.