Sal avval Jizzaxda IIB formasini kiyib video olgan vaynerlar javobgarlikka tortilgan edi.
Jizzax viloyat prokuraturasi tomonidan ikki nafar vayner tayyorlagan hajviy videosi uchun huquqbuzar deb topilganligi haqidagi xabar o`rganildi.
Aniqlanishicha, jinoyat ishlari bo`yicha G`allaorol tuman sudining 13.03.2023 yildagi qaroriga ko`ra, fuqaro U.O` Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasi va 209-1-moddasi, fuqaro D.U ushbu kodeksning 183-moddasi bilan huquqbuzar deb topilib, ularga nisbatan ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Sud qarori noqonuniy bo`lganligi sababli, G`allaorol tuman prokuraturasi tomonidan uni bekor qilish yuzasidan apellyasiya tartibida protest keltirildi.
Protestga asosan ma`muriy ish 18.03.2023 yilda Jizzax viloyat sudi jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati apellyasiya instansiyasida ko`rib chiqilib, U.O` va boshalarning harakatlarida huquqbuzarlik alomatlari mavjud emas deb topilib, U.O` va D.Ular sud zalidan qamoqdan chiqarilgan holda ularning buzilgan huquqlari tiklanishi ta`minlandi.