Bugun, 21-mart kuni A-373 avtomobil yo`lining "Qamchiq" dovoni qismidan o`tgan 198 kilometrida "MAN" rusumli neft mahsulotlari ortilgan yuk avtomobili ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bir muddat yo`l yopilgan. Yo`lni neft mahsulotidan tozalash maqsadida avtomobillar harakati vaqtincha bir tomonlama to`xtatilgan.
FVV matbuot xizmati xabariga ko`ra, yong`in sodir bo`lmagan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVVning 3 ta maxsus texnikasi etib borib, YPX xodimlari hamkorligida hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Vaziyat to`liq nazoratga olingan.