Avval xabar qilganimizdek, kuni kecha Toshkentda kuchli shamol va yog`ingarchilik kuzatildi.
Poytaxt FVB matbuot xizmati xabariga ko`ra, shamol va yomg`ir vaqtida Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashgan 83-sonli umumt`alim maktabi oldidagi daraxtga tabiiy hodisa, yani yashin urishi natijasida maktab binosining eshik va oynalariga shikast etgan. Hodisa natijasida jabirlangan yoki halok bo`lgan fuqarolar yo`q.