“Real Madrid” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionati 7-turida “Eybar”ga qarshi (1:1) kechgan uchrashuvda gol ura olmadi va golsiz seriyasini to`rtta o`yinga etkazdi.
Joriy mavsumda 31 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatida atishi bitta gol urdi. Ushbu natija uning Ispaniya chempionatida 4 uchrashuvda qayd etgan eng yomon natijasi sifatida qayd etildi.
Ronaldu 2010/11 yilgi mavsumda ham Ispaniya chempionatining 4 o`yinida bittagina gol urgan edi.





