Bugun, 21 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:03 da “LOT Polish Airlines” aviakompaniyasining birinchi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo`ndi.
Varshava – Toshkent – Varshava yo`nalishida ilk qatnovni amalga oshirgan Boeing 787 Dreamliner havo kemasi an`anaga ko`ra tantanali ravishda suv arkasi bilan kutib olindi.
Yo`lovchilar va ekipaj a`zolarini karnay-surnay sadolari ostida Transport vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi vakillari, Polshaning O`zbekistondagi elchisi, “Uzbekistan airports” kompaniyasi rahbariyati gullar bilan qarshi oldi.
Aviakompaniya iyun oyi o`rtalariga qadar ushbu yo`nalishda har 10 kunda bir marta charter asosida parvozlarni amalga oshiradi.
Keying bosqichda Varshava – Toshkent – Varshava yo`nalishida qatnovlar muntazam ravishda bajarilishi rejalashtirilgan.