Kecha, 21 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:47 da Afg`onistonda zilzila sodir bo`ldi. Ushbu zilzila kuchi O`zbekiston hududida ham sezildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar qilishicha, respublika hududida hech qanday ko`ngilsiz hodisalar kuzatilmagan hamda bino va inshootlarga zarar etmagan.
"O`z navbatida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan sarosimaga tushmaslikni va vahimaga berilmaslikni so`rab qoladi. Ba`zi-ba`zida shunday zilzilalar respublikamiz hududida kuzatilib turadi", - deyiladi xabarda.