Jizzaxda 32 yoshli erkak ayolini o`ldirib, o`zini jarohatladi

Jinoyat 24.03.2023, 23:25
Jizzaxda 32 yoshli erkak ayolini o`ldirib, o`zini jarohatladi

Jizzaxda erkak o`z ayolini oshxona pichog`i bilan o`ldirib qo`ydi. Bu haqda "Milliy TV" telekanalining "Millar" ko`rsatuvida ma`lum qilindi.


Qayd etilishicha, voqea 17 mart kuni Jizzax viloyati Arnasoy tumani Oltin vodiy mahallasida sodir bo`lgan. Unda 1991 yil tug`ilgan fuqaro janjal sabab oshxona pichog`i bilan dastlab 28 yoshli turmush o`rtog`ini keyin esa o`zini jarohatlagan.
Ikki nafar voyaga etmagan farzandlarning onasi voqea joyida vafot etgan. Erkakning onasining ko`rsatmasiga ko`ra, o`g`li kelinining bo`yniga jarohat etkazgan. O`g`lining o`zi etti joyidan jarohat olgan.
Mahalla raisi voqea rashk sabab yuzaga kelgan, deya ta`kidlamoqda. Hozirda erkak voqea sabab shifoxonada bo`lib, ahvoli og`irligi aytilmoqda.
Holat yuzasidan viloyati prokuraturasi tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilayotgani ma`lum qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1