1

MDH davlatlaridan yana biri Putinni hibsga olishi mumkin

Dunyo 25.03.2023, 21:30
MDH davlatlaridan yana biri Putinni hibsga olishi mumkin

Armaniston ham Xalqaro jinoiy sud (XJS) tomonidan berilgan order asosida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishi kerak bo`lgan davlatlar qatoriga qo`shildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Armaniston Konstitusiyaviy sudi  Xalqaro jinoiy sudning (XJS) Rim statutida mustahkamlangan majburiyatlarni mamlakatning asosiy qonunchiligiga muvofiq deb tan oldi. Sud qarori yakuniy hisoblanadi va u e`lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Endi Rim statuti Armaniston parlamenti tomonidan ratifikasiya qilinishi kerak.

Armaniston hukumati Ozarbayjonni Tog`li Qorabog` bo`yicha ikki tomonlama mojaro paytida sodir etilgan “jinoyatlar” uchun javobgarlikka tortish maqsadida 2022 yil oxirida Rim statutini tan olish uchun Konstitusiyaviy sudga murojaat qilgan. Statut 1998 yilda imzolangan, ammo Armaniston hozirgacha uni ratifikasiya qilmagan, chunki 2004 yilda Konstitusiyaviy sud shartnoma majburiyatlarini o`sha paytda amalda bo`lgan mamlakat konstitusiyasining bir qator qoidalariga zid deb tan olgan.

Putin Armanistonga tashrif buyursa, hibsga olinishi mumkin

Armaniston Konstitusiyaviy sudining qarori Xalqaro jinoiy sudning (XJS) tergov palatasi Putinni, shuningdek, Rossiyadagi bolalar huquqlari bo`yicha komissar Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order berganidan bir hafta o`tib ma`lum bo`ldi. Ular harbiy jinoyatlarda, xususan, Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga majburan deportasiya qilishda gumon qilinmoqda.

Moskva 2022 yil 24 fevralda Rossiya harbiylarining Ukrainaga hujumi ortidan Ukrainada sodir etilgan harbiy jinoyatlarga aloqadorligini rad etadi. Rossiya XJSning yurisdiksiyasini tan olmaydi va uning ishida ishtirok etmaydi. 2016 yildan beri u sudning harakatlarini belgilaydigan Rim statutining ishtirokchisi emas.

O`z navbatida, XJS harbiy jinoyatlarni tergov qilish va jazolashda davlat rahbarlarining daxlsizligini tan olmaydi. Putin XJS orderiga asosan Rim statutini ratifikasiya qilgan 123 ta mamlakatlarga endi kira olmaydi, ular orasida Tojikiston ham bor.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1