AsosiyJinoyat
3209

Toshkentda bosh hisobchi korxona rahbarining qariyb 4 mlrd so`mini ”uxlatdi”

'Toshkentda bosh hisobchi korxona rahbarining qariyb 4 mlrd so`mini ”uxlatdi”'ning rasmi

Toshkent shahar Yashnobod tumanida korxona bosh hisobchisi rahbarining 3,9 milliard so`mini o`zlashtirib olgani aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko`ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yashnobod tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. “S.G.” MChJ bosh hisobchisi E.K. tijorat banki filialidan bank-mijoz dasturidan foydalanish uchun ushbu MChJga berilgan elektron kalitdan foydalanib, oylik ish haqidan tashqari qo`shimcha 3,9 milliard so`mini o`ziga avans sifatida hisoblagan va plastik kartasiga o`tkazish yo`li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar