1

Toshkentda sportchi xotini va bolasini kaltaklagani aytildi

Jinoyat 26.03.2023, 22:21
Toshkentda sportchi xotini va bolasini kaltaklagani aytildi

Toshkent shahar Yangihayot tumanida sportchi erkak o`z xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur xabar yuzasidan ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, 23 mart kuni soat 17:00 larda 1990 yilda tug`ilgan T.X. tortishuv sababli turmush o`rtog`i 1995 yilda tug`ilgan T.D.ni urib tan jarohati etkazgan. Shundan so`ng erkak 25 mart kuni 2016 yilda tug`ilgan farzandi T.X.ni urgan, jabrlanuvchi hodisa oqibatida tan jarohati olgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga engil shikast etkazish) va 110-moddasi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan. Holat yuzasidan tergov davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1