1

Josep Borrel “Evropaga qaytgan yil urushi” nomli kitob yozdi

Dunyo 27.03.2023, 22:44
Josep Borrel “Evropaga qaytgan yil urushi” nomli kitob yozdi

Evropa diplomatiyasi rahbari Josep Borrel o`zining “Evropaga qaytgan yil urushi” nomli yangi kitobini nashr etdi. Unda Borrel 2023 yilda Rossiya va Ukraina o`rtasidagi harbiy mojaro Kiev tomonining g`alabasi bilan yakunlanishiga umid bildirgan.  Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

“Ukrainadagi urush va uning oqibatlaridan tashqari, bu kitobda siz 2022 yilda Evropa Ittifoqini haqiqiy geosiyosiy o`yinchiga aylantirish bo`yicha qilingan harakatlar aks sadolarini topasiz. Bu sa`y-harakatlar 2023 yilda Ukrainaning Rossiya agressiyasini engish va adolatli hamda mustahkam tinchlikka erishishdagi muvaffaqiyati bilan nishonlanishi umidida davom ettiriladi”, — deyiladi kitobning kirish qismida.

Eslatib o`tamiz, 21 mart kuni mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya va Ukraina o`rtasidagi harbiy mojaroning tugashi haqidagi savolga javob berar ekan, “har qanday urush tinchlik bilan tugaydi”, dedi. Lekin u mojaroni tinch yo`l bilan hal qilishning mumkin bo`lgan shartlarini aytmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1